Bugun blogda yozishga arziydigan kun. Nihoyat laptop sotib oldim! :)
HP Pavilion dv4-1125nr. Anchadan buyon niyat qilib yurgan orzuim amalga oshdi. Hozir bu yozuvni ham aynan shu laptopdan yozayapman. 4 soatdan beri laptopda uning o‘zi bilan taqdim qilingan Windows Vista Home Premium SP1 (64 bit) dan foydalanaypaman. Kechroq Linux o‘rnatishga harakat qilaman. O‘ylaymanki Linuxda drayver muammosi bo‘lmaydi. Xullas, spetsifikatsiyalar quyidagicha: Intel Core 2 Duo T5800 2.0GHz CPU/2MB L2 Cache/4096MB RAM/250GB HDD/DVD RW/Intel GMA 4500MHD Integrated Video Card/14.1" Display/Web Cam/Remote control… va hokazo.
Yana ko‘proq HP
rasmiy saytida o‘qishingiz mumkin.
Kamchiklaridan hozircha ko‘zga tashlanganlari: Laptopda bluetooth adapter va barmoq izini o‘qish uskunasi yo‘q. Bularning menga keragi ham yo‘q. :)

Xullas, xariddan xursandman!